Ukrainada raketa hujumi yuz berdi

Rossiya tarafdorlari ushbu hujumni Ukraina qo’shini tomonidan uyushtirilganligini iddio qilmoqdalar.

480325
Ukrainada raketa hujumi yuz berdi

Ukrainaning sharqida joylashgan nazorat nuqtasini nishonga olgan raketa hujumi oqibatida 4 nafar tinch aholi halok bo’ldi. Ular orasida homila ayollar ham bor edi.

Halok bo’lganlardan tashqari mintaqadagi ba’zi transportlar ham ziyon ko’rdi.

Rossiya tarafdorlari ushbu hujumni Ukraina qo’shini tomonidan uyushtirilganligini iddio qilmoqdalar.

Kiyev rahbariyati esa bu ayblovni rad etmoqdalar.

Rossiya tarafdorlari voizi esa, hujumdan oldin, minataqada Ukrainaga oid haydovchisiz havo transporti ko’rganligini bildirdi.

Qasddan, tinch aholi nishonga olinganligini iddio qilgan voiz, bu hujumni amalga oshirish uchun buyruq berganlarni ham qattiq tanqid qildi.

Undan tashqari Ukrainaning sharqida, yana Rossiya tarafdorlari nazorati ostidagi bir boshqa nuqtada ikkita mashina portlatilgan. Oqibatida esa 4 kishi jon bergan.

Oxirgi kunlarda tez-tez yuz berayotgan bunday voqealar Ukraina bilan Rossiya tarafdorlari o’rtasidagi mo’rt sulhning buzilib ketishi ehtimolini orttirdi.

 

 


Tanlangan kalimalar: #Ukraina , #Rossiya , #raketa hujumi

Aloqador xabarlar