AQSh, YPG va PYD aloqasini tasdiqladi

Ashton Carter YPG va PYD o'rtasida aloqa bo'lganini tasdiqladi.

480750
AQSh, YPG va PYD aloqasini tasdiqladi

Amerika Qo'shma Shtatlari Mudofaa Vaziri Ashton Carter, terror tashkiloti PKK bilan uning Suriyadagi qo'li YPG va PYD o'rtasida aloqa bo'lganini tasdiqladi.

Tashqi Ishlar Vazirligi "PKKni terror tashkiloti sifatida tan olamiz. Lekin YPGni esa terror tashkiloti sifatida tan olmaymiz" deb bayonot berdi.

Amerikan Senatining Qurolli Xizmatlar Qo'mitasida Senatorlarning savollariga javo bergan Carter, Senator Lindsey Grahamning, "Hisobotlar, PYD bilan YPGning PKK bilan aloqali yoki boshqa rishtalari bo'lganini tushunadi. Bu to'g'rimi? degan savolaga javoban "To'g'ri" dedi.

Carter "PKK faqat Turkiyaning emas  AQSh nazarida ham bir terror tashkiloti" deb so'zladi.

Carter, "Turklarning Suriyada YPGni qurollantirganimiz uchun xafa bo'lishi mumkinmi?" degan savolga esa "Yo'q" deb Turkiya keng ko'lamli maslahatlashganliklarini bildirdi.

AQSh Tashqi Ishlar Vazirlik Voizi John Kirby esa Washingtonning terror tashkiloti PKK va Suriyadagi davomli YPG bilan aloqali uslubi o'zgarmaganini izohladi.

Matbuot anjumanida PKKni bir terror tashkiloti sifatida baholagan Kibry; "YPGni esa terror tashkiloti sifatida tan olmaymiz" dedi.

Voiz Kirby, DEASHga qarshi kurashgan guruhlarga yordam berishga davom etishini va buning faqat YPG bilan chegarali qolmasligini ifoda etdi.

 

 



Aloqador xabarlar