Shimoliy Koreya takror roketa tajribasi o’tkazishga tayyorlanmoqda

Bu haqda xabar tarqatgan Shimoliy Koreya xabar agentligi Amerikaga qarshi atom kuchga ehtiyoj borligini ma’lum qilgan.

479426
Shimoliy Koreya takror roketa tajribasi o’tkazishga tayyorlanmoqda

Shimoliy Koreya takror roketa tajribasi o’tkazishga tayyorlanmoqda.

Bu haqda xabar tarqatgan Shimoliy Koreya xabar agentligi Amerikaga qarshi atom kuchga ehtiyoj borligini ma’lum qilgan.

Janubiy Koreya xabar agentligi ham, Shimoliy Koreyaning takror roketa tajribasi o’tkazishga tayyorlanganini ilgari surdi.

Eslatib o’tish joizki, Shimoliy Koreya bugungacha 4 marta atom roketasini tajribadan o’tkazdi.

Qolaversa, o’tgan shanba kuni Shimoliy Koreyaning suv osti kemasidan otgan balistik roketasi sinovdan muvaffaqiyatli o’tgan.

Janubiy Koreyalik vakillar ma’lum qilishicha, roketa 30 km masofaga borib tushgan.

Shimoliy Koreya hukumati 15 aprel kuni o’rta masofali Musudan roketasini tajribadan o’tkazmoqchi edi, lekin bu amalga oshmadi.

Musudan roketasi Shimoliy Koreya hukumatining Amerikani portlatadigan hajmda roketa ishlab chiqish loyihasining bir bo’lagi sifatida mulohaza qilinmoqda.

AQSh kotibligi voizi Mark Toner agar Shimoliy Koreya roketa tajribalarini davom ettiradigan bo’lsa, boshqa choralarni ko’rish masalasini ko’zdan kechirishlarini bildirdi.

Toner o’tgan oyda Shimoliy Koreyaga qarshi qattiq sanksiya berilganiga diqqat qaratdi.

 

 



Aloqador xabarlar