Yaman qo'shini terror tashkiloti Al-Qoidaning qo'lidagi Mukalla shahrini tortib oldi

Yamanda terror tashkiloti DAISh, Al-Qoida kabi terror tashkilotlariga qarshi kurash davom etmoqda.

477288
Yaman qo'shini terror tashkiloti Al-Qoidaning qo'lidagi Mukalla shahrini tortib oldi

Yamanda terror tashkiloti DAISh, Al-Qoida kabi terror tashkilotlariga qarshi kurash davom etmoqda.

Yaman qo'shini terror tashkiloti Al-Qoidaning qo'lidagi Mukalla shahrini tortib oldi.

Al-Qoida tomonidan ishg'ol qilingan Mukalla shahrida 200 ming aholi yashaydi.

Yaman qo'shini Saudiya Arabistoni boshchiligidagi koalitsiya yordamida terroristlarni shahardan quvib chiqdi.

Bundan tashqari, Yamandagi ichki nizolardan kelib chiqqan talofatlar kundan kunga og'irlashib bormoqda.

Bir yildan ziyod davom etgan urush sababli taxminan 1 yarim million aholi ishsiz va boshpanasiz qoldi.

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #Yaman , #Al-Qoida , #terrorist , #DAISh , #kurash

Aloqador xabarlar