Mahmud Abbas, Isroilning ishg'olini to'xtatishini istadi

Mahmud Abbas, BMT a'zolaridan, Falastin tuproqlaridagi Isroil ishg'olining to'xtatishini istadi.

476618
Mahmud Abbas, Isroilning ishg'olini to'xtatishini istadi

Falastin Davlat Rahbari Mahmud Abbas, BMT a'zolaridan, Falastin tuproqlaridagi Isroil ishg'olining to'xtatishini istadi.

BMT Umumiy Kengashida, Parij Iqlim O'zgarishining shartnoma tuzish ma'rosimida so'zlagan Abbas, "Isroilning ishg'oli, Falastin havosini kirlatmoqda. Isroil qurgan aholi punktlari ham Falastin tabiatiga zarar bermoqda. Isroil ishg'ol qilgan Falastin Tuproqlarida Isroilliklarning turar-joylar qurish faoliyatlarini to'xtatishi uchun bizga yordam bering" dedi.

O'lkasining Umumiy Kengash tomonidan "A'zo bo'lmagan davlat sifatida" qabul qilinganini eslatgan Abbas, Falastin davlatining boshqa davlatlar bilan birga Iqlim shartnomasi tuzganiga diqqat qaratdi.

Abbas, shartnomaning, Dunyo jihatidan ijobiy ta'siri bo'lishiga ishonganini takidladi.

Mahmud Abbasning ma'ruzasiga ishtirokchilar orasida bo'lgan Isroilning favqulodda elchisi Danny Danon norozichilik ko'rsatdi.

Danon, Abbasning xalqaro jamoatchilikni aldatishga uringanini ilgari surdi.




Aloqador xabarlar