Gretsiya-Makedoniya chegarasidagi muhojirlar isyon ko’tardi

Bir necha haftadan beri Idomeni chegarasi bilan Pire portining ochilishini kutgan muhojirlar, bu befarqlikga bardosh berolmadi.

468469
Gretsiya-Makedoniya chegarasidagi muhojirlar isyon ko’tardi

Gretsiyaning Makedoniya chegarasidagi Idomeni nomidagi muhojirlar lagerida bir necha haftadan beri davom etib kelayotgan chegara muammosi hal qilinmagach, muhojirlar isyon ko'tardi.

Chegaradan o'tmoqchi bo'lgan muhojirlarga makedoniyalik militsiya xodimlari qarshilik ko'rsatdi, oqibatida 200 dan ortiq muhojir tan jarohati oldi.

Chegaralarning ochilishi va o'z sahoyatlariga davom etishlariga ruxsat berilishi uchun 5 kishi, minglab kishi nomidan makedoniyalik militsiya xodimlari bilan muzokara qilishga harakat qildi.

Faqat talablariga ijobiy javob ololmagan 500 nafar muhojir, noqonuniy ravishda chegaradan o'tishga harakat qildi.

Militsiya xodimlari bunga qarshi ko'zdan yosh sizdiruvchi gaz va plastik o'q orqali muhojirlarga mone'lik qilishga harakat qildi.

Gretsiyalik militsiya xodimlari Makedon xavfsizlik kuchlarining ko'zdan yosh sizdiruvchi gaz, ovoz bombasi va plastik o'qdan foydalanganligini iddio qilar ekan, Makedoniya faqatgina ko'zdan yosh sizdiruvchi gazdan foydalanganligini bildirdi.

Onlab muhojir nafas qisilishi va plastik o'qlar orqali olgan tan jarohatlari uchun kasalxonaga olib borildi.

Gretsiya, Makedon militsiya xodimlari harakatini “tahlikali va achinarli" deya baholab, qoraladi.

Undan tashqari yana minglab muhojir kutgan Pire portida ham muammo yuz berdi.

O'ng qarashdagi gretsiyalik bir guruh, muhojirlarga qarshi norozichilik namoyishi uyushtirdi.

Namoyishchilar, o'z yurtining qochqinlar tomonidan bosib olinganligini himoya qildi.

Pire portiga kirishga harakat qilgan bir guruhga militsiya xodimlari mone'lik qildi.

Taranglik avj olar ekan politsiya xodimlari ko'zdan yosh sizdiruvchi gazdan foydalangan holda mone'lik qilishga harakat qildi. Oqibatida esa to'qnashuv yuz berdi.


Tanlangan kalimalar: #Gretsiya , #Makedoniya , #chegara , #isyon

Aloqador xabarlar