Yevropa Ittifoqi Amerika va Kanada fuqarolaridan viza talab qilishi mumkin

Yevropa Ittifoqi ba'zi a'zo davlatlariga viza tadbiq etgan Amerika Qo'shma Shtatlari va Kanadaga nisbatan viza tadbiq etish masalasini muhokama qilmoqchi.

467348
Yevropa Ittifoqi Amerika va Kanada fuqarolaridan viza talab qilishi mumkin

Yevropa Ittifoqi ba'zi a'zo davlatlariga viza tadbiq etgan Amerika Qo'shma Shtatlari va Kanadaga nisbatan o'zaro tamoyillarga binoan viza tadbiq etilishi mumkinligini ma'lum qildi.

Yevropa Ittifoqi komissiyasi kotibi Mina Andreevaning aytishicha, Amerika Qo'shma Shtatlari va Kanada tomonidan tadbiq etilgan viza rejimi 12 aprel kuni Yevropa Ittifoqi komissiyasida o'tkaziladigan yig'ilishda muhokama qilinadi.

Mina Andreeva: “Asosiy maqsadimiz vizadan ozod qilish jarayonini Yevropa Ittifoqiga a'zo barcha davlatlarga to'liq tadbiq etishdir",-dedi.

Mina Andreevaning aytishicha, agar 12 aprelgacha Amerika Qo'shma Shtatlari va Kanadaning munosabati o'zgarmasa, bu davlatlarga nisbatan ham viza kuchga kiradi.


Tanlangan kalimalar: #Yevropa Ittifoqi , #Amerika , #Kanada , #viza

Aloqador xabarlar