Prezident Erdo’g’an, Yevropa o’lkalari terror mavzusida bizni yolg’iz qoldirdi dedi

Prezident Rajab Tayyib Erdo'g'an, Yevropa o'lkalari terrorga qarshi kurashga kerakli ahamiyat berilmadilar va bu sohada Turkiyani yolg'iz qoldirdilar deb aytdi.

462102
Prezident Erdo’g’an, Yevropa o’lkalari terror mavzusida  bizni yolg’iz qoldirdi dedi

Prezident Rajab Tayyib Erdo'g'an, Yevropa o'lkalari terrorga qarshi kurashga kerakli ahamiyat berilmadilar va bu sohada Turkiyani yolg'iz qoldirdilar deb aytdi.

Atom xavfsizlik sammiti uchun AQShda bo'lgan Prezident Erdo'g'an, CNN International'da Christiane Amanpour (KIRİSTİAN AMANPUR)ga maxsus muloqot berdi.

Erdo'g'an, ko'plab Yevropa o'lkasi terror tahdidi borasida to'xtamaganini va terror bilan kurash uchun kerakli chora- tadbirni olmaganini aytdi.

Terror tashkiloti DEASHning yoyilishiga ruxsat bergan o'lkalarni tanqid qilgan Prezident Erdo'g'an, xususan o'z o'lkalaridan kelgan terroristlar mavzusida Yevropa o'z mas'uliyatlarini bajo keltirmaganini bildirdi.

Belgiyadagi rasmiylar, Bryusselni qonga bulagan Ibrohim al Bakravi masalasida o'xshash bir ehtiyotsizlik ko'rsatganini aytgan Erdo'g'an,

“O'lkalarni terrorizmga qarshi mushtarak harakat qilishga chaqirdi. G'arblik o'lkalar tomonidan biz yolg'iz qoldirildik dedi. Razvedka hamkorlik talablarimiz hech bir vaqt qondirilmadi" dedi.

G'arblik o'lkalar Islomni to'g'ri anglamaganlarini ta'kidlagan Erdo'g'an,

“ Hanuz jihodning nima ekanini hatto anglagan emaslar" deb ifoda etdi.

Erdo'g'an, Turkiyaning terror bilan kurashda qarorli ekanini bildirdi.

“ G'arblik o'lkalardan ayni shaklda g'ayrat qilishlarini kutamiz" dedi.

Prezident Erdo'g'an Amanpourga bergan muloqoti bu oqshom Turkiya soati bilan 19:00da efirga uzatiladi.



Aloqador xabarlar