Yunonistonga o'tgan immigrantlar sonida kamayish kuzatildi

Yevropa Ittifoqi bilan Turkiya o'rtasida tuzilgan shartnoma asosida noqonuniy yo'llar bilan Yunonistonga o'tgan immigrantlar tegishli tashkilotlarga murojaat qilmasa Turkiyaga qaytarilishi nazarda tutiladi.

459723
Yunonistonga o'tgan immigrantlar sonida kamayish kuzatildi

Yevropa Ittifoqi bilan Turkiya o'rtasida tuzilgan shartnoma asosida Yunonistonga qochib o'tgan immigrantlar sonida kamayish kuzatildi.

Financial Times gazetasi 20 martda tuzilgan shartnomadan bir hafta o'tgach, 26 mart kuni yunon orollariga o'tgan immigrant soni kunda 930dan 78 nafarga kamayganini yozdi.

Yunoniston hukumati hisobotlariga ko'ra, kecha Yunonistonga o'tgan immigrant soni 73 nafarni tashkil qildi.

Yunoniston hukumati kotibi: “Immigrantlarning soni jihatidan katta pasayish kuzatildi, lekin natijaga borish uchun hali erta",-dedi.

Uning aytishicha, bundan oldin ham immigrantlar sonida pasayish kuzatilgan, lekin bu safargi pasayishga havo haroratining sovuqligi sabab bo'lgan bo'lishi mumkin.

Yevropa Ittifoqi bilan Turkiya o'rtasida tuzilgan shartnoma asosida noqonuniy yo'llar bilan Yunonistonga o'tgan immigrantlar tegishli tashkilotlarga murojaat qilmasa, yoki murojaatlari qabul qilmagan bo'lsa, Turkiyaga qaytarilishi nazarda tutiladi.

7 yildan beri iqtisodiy qiyinchilik hukm surgan Yunonistonda badavlat qochqin va immigrantlarga ba'zi imkoniyatlar yaratiladi.

Badavlat qochqin va immigrantlar Turkiyaga qayta jo'natilmaydi.

Yunoniston Tashqi ishlar vazir o'rinbosari Dimitris Mardas mamlakatda qochqin va immigrantlarning moddiy ahvoli tekshirilishini bildirib: “250 ming evro sarmoya kiritish imkoniyatiga ega bo'lgan immigrantlarga Yunonistonda yashash imtiyozi beriladi",-dedi.



Aloqador xabarlar