DAISh kamida 400 terroristini harbiy ta'limdan o'tkazib Yevropa davlatlariga tarqatgan

Nathalie Goulet ma'lum qilishicha, tahminan 600 terrorist Yevropa davlatlarida terrorchilik harakatini sodir qilish uchun maxsus ta'limdan o'tkazilib, turli davlatlarga tarqatilgan.

457554
DAISh kamida 400 terroristini harbiy ta'limdan o'tkazib Yevropa davlatlariga tarqatgan

DAISh terror tashkiloti kamida 400 terroristini harbiy ta'limdan o'tkazib, qonli terrorchilik harakatini sodir qilish maqsadida Yevropa davlatlariga jo'natgani ilgari surildi.

Associated Pressning Yevropa va Iroq xavfsizlik manbalariga tayanib bergan xabariga ko'ra, terroristlarga topshirilgan vazifani bajarish uchun qulay vaqtni belgilash, portlash sodir qiladigan makonni oldindan aniqlash va qulay metoddan foydalanish to'g'risida buyruq berilgan.

Fransiya senator va ekstremistik tarmoqlarni tekshirish komissiyasi rahbar o'rinbosari Nathalie Gouletning ma'lum qilishicha, Yevropadan tahminan 5 ming kishi Suriyaga safar qilganini bildirib, tahminan 600 terrorist Yevropa davlatlarida terrorchilik harakatini sodir qilish uchun maxsus ta'limdan o'tkazilib, qayta jo'natilgan.

Nathalie Goulet: “2014 yili mazkur terror tashkiloti o'z safdoshlariga bir necha hafta mobaynida ta'lim berardi. Endi esa, bu metodini o'zgartirdi. Maxsus guruh tuzmoqda. Bu guruhlarga yana ham uzoq muddat harbiy ta'lim berilmoqda. Bundan maqsad yana ham ko'proq insonni o'ldirish va qonli terror hujumlarining sonini oshirishdir",-dedi.

Yevropa politsiya tashkiloti Yevropol yanvar oyida e'lon qilgan hisobotda, DAISh terror tashkiloti tashqi terrorchilik harakati komondonligi tuzganini va turli davlatlarda qon to'kish uchun urush strategiyalarini, portlovchi moddalarni, poylash metodlarini qunt bilan o'rganganini ma'lum qilgan edi.

DAISh terror tashkiloti terroristlarni Yevropa davlatlariga terror tashkiloti PKK a'zosi sifatida jo'natib, qonli terrorchilik harakatini sodir qilishni rejalashtirgani ilgari surildi.

Xavfsizlik manbalari ma'lum qilishicha, terror tashkiloti PKK Yevropa davlatlarida qo'llab quvvatlanib, bemalol qora niyatini amalga oshirmoqda va hozirda DAISh terror tashkiloti safidagi ko'plab terrorist guruhlar Yevropaning turli davlatlariga tarqalgan.



Aloqador xabarlar