Kechagi Bryussel hujumi, Fransiya bilan AQShni ham tashvishga soldi

Kecha Belgiya poytaxti Bryusselda, bir necha soat ichida ketma-ket portlash yuz bergan edi.

456654
Kechagi Bryussel hujumi, Fransiya bilan AQShni ham tashvishga soldi

Fransiyaning Toulouse shahridagi Blagnac aeroporti xavfsizlikni muhofaza qilish maqsadida boshatildi.

Qo'shimcha xavfsizlik kuchlari yuborilgan aeroportda uchoqlardagi yo'lovchilar ham tushirildi.

Hozirda esa ichida portlaguvchi modda borligi gumon qilingan chemodan tufayli aeroportda amalga oshirilgan tekshiruv ishlari tamonlandi.

Rahbariyat aeroportning takror ochilganligini va yo'lovchilarning terminalga takror olina boshlaganligini bildirdi.

Kecha, Belgiya poytaxti Bryusselda ketma-ket yuz bergan terror hujumlari Yevropadagi barcha xavfsizlik kuchlarini bunday voqeaning yuz bermasligi uchun oldini olishga undagan edi.

Amerika Qo'shma Shtatlaridagi Colorado shtatidagi Denver aeroportining g'arb qanotidagi beshinchi va oltinchi terminallar ham boshatilib, tekshiruvdan o'tkazilgan edi.


Tanlangan kalimalar: #Belgiya , #Fransiya , #AQSh , #portlash

Aloqador xabarlar