Oq Uy:"Shimoliy Koreya siyosiy maqsad bilan Amerika fuqarosini qamoqqa olgan"

Amerika Shimoliy Koreyada 15 yil og'irlashtirilgan qamoq jazosiga mahkum qilingan amerikalik universitet talabasi Otto Varmbierning darhol ozod qilinishini talab qildi.

452522
Oq Uy:"Shimoliy Koreya siyosiy maqsad bilan Amerika fuqarosini qamoqqa olgan"

Amerika Qo'shma Shtatlari Prezidenti Barack Obama xalqaro qonunlarga hilof ravishda atom va ballistik roketa tajribalarini o'tkazgan Shimoliy Koreyaga sanksiya berish to'g'risida qaror qabul qildi.

Oq Uydan qilingan yozma bayonotga ko'ra, Shimoliy Koreya xalqaro majburiyatlarga to'la amal qilgunicha, Amerikaning sanksiyalari davom etadi.

Barack Obama kongressga havola qilgan maktubda, Shimoliy Koreya yanvar va fevral oylarida uzun masofali roketa vositasida koinotga sun'iy yo'ldosh jo'natgani va atom bombaga doir tajribalarini eslatib, Shimoliy Koreya bu qilmishi bilan Amerika va ittifoqdosh davlatlarning xavfsizligini tahlikaga solganini yozdi.

Ushbu sanksiyalar Shimoliy Koreyaning transport, ma'dan, energiya va finans sohalarida xizmat qilgan shaxslar bilan bir qatorda, hukumat nomidan ish olib borganlar, inson huquqlarini poymol qilganlar va mavjud sanksiyalarga rioya qilmagan shaxslarga taalluqli.

Amerika Xazina vazirligining yozma bayonotida, jami 17 hukumat vakili va uyushmalar hamda Shimoliy Koreyaga ommaviy qirg'in qurollari tashigani aniqlangan 20 kemaning qatnovi man qilingani ma'lum qilindi.

Bundan tashqari, Amerika Qo'shma Shtatlari Shimoliy Koreyada 15 yil og'irlashtirilgan qamoq jazosiga mahkum qilingan amerikalik universitet talabasi Otto Varmbierning darhol ozod qilinishini talab qildi.

Oq Uy kotibi Josh Earnestning fikricha, Shimoliy Koreya siyosiy maqsad bilan Amerika fuqarosini qamoqqa olgan.

Uning aytishicha, Amerika hukumati Shimoliy Koreya hukumatidan talabani kechirib, darhol qo'yib yuborishini kutmoqda.

Suddan oldin muhbirlarning savollariga javob bergan Varmbier:“Birgina aybim yaqin do'stimning cherkovga osmoqchi bo'lgan propoganda afishasini o'g'irlamoqchi bo'lganim…",-degan edi.

Varmbier moddiy jihatdan qiyin ahvolda bo'lgan oilasiga yordam berilishi va'da qilingani uchun bu afishani o'g'irlamoqchi bo'lganini ma'lum qildi.



Aloqador xabarlar