Fransiyada terrorizmga qarshi operatsiya o'tkazildi

Fransiya Ichki ishlar vaziri Bernard Cazeneuve bu haqda ma'lum qiladi.

452433
Fransiyada terrorizmga qarshi operatsiya o'tkazildi

Fransiyada terrorizmga qarshi operatsiya o'tkazildi.

Fransuz politsiyasi poytaxt Parijda terrorchilik harakatini rejalashtirgan 4 shaxsni qo'lga oldi.

Fransiya Ichki ishlar vaziri Bernard Cazeneuve bu haqda ma'lum qiladi.

Uning aytishicha, Parijda terror hujumini rejalashtirgan ekstremist guruhga qarshi operatsiya o'tkazilgan.

Operatsiyada terror tashkiloti DAISh bilan aloqador bir shaxs qo'lga olingan, so'ngra bu shaxs bilan doimiy aloqa o'rnatgan yana 3 shaxs qo'lga olingan.

Fransiya mediasi qo'lga olinganlardan birining ayol ekanini ma'lum qildi.

Fransiyada joriy yilning yanvar oyidan beri terrorchilik harakatiga aloqadorlikda ayblangan jami 74 shaxs qamoqqa olindi.

13 noyabr kuni poytaxt Parijda sodir bo'lgan hujumda 130 kishi halok bo'ldi, tahminan 350 kishi jarohatlandi.

Ushbu qonli terror hujumidan so'ng hukumat mamlakat bo'ylab favqulodda holat e'lon qilgan edi.



Aloqador xabarlar