Arab Birligi, Hizbulohni terror tashkiloti e'lon qildi

Arab Birligi, Livandagi Hizbulohni terror tashkiloti deb e'lon qildi

449320
Arab Birligi, Hizbulohni terror tashkiloti e'lon qildi

Arab Birligi, Livandagi Hizbulohni terror tashkiloti deb e'lon qildi.

Shunday qilib markazi Livan bo'lgan Hizbulloh, Ko'rfaz Hamkorlik Kengashidan keyin Arab Birligining ham terror tashkiloti ro'yxatiga kiritildi.

Arab Birligining Misrning poytaxti Qohirada o'tkazgan yig'ilishida, 22 a'zosi bo'lgan tashkilotga 20 davlat ushbu qarorni dastakladi.

Saudiya Arabistonning hududda Eronni ta'sirini kamaytirish borasidagi say-harakati bilan Livan Hizbullohini o'tgan hafta 6 a'zolik Ko'rfaz Hamkorlik Kengashining terror tashkilotlari ro'yxatiga kiritgan edi.

Suriya ichki urushida Esad rejimi tomonida bo'lgani uchun Hizbullohga qaratilgan sanktsiyalarning ko'lamini kengaytirilishi kutilmoqda.

Tashkilotning Saudiya Arabiston va Livan o'rtasida, Bayrutda 4 milliard dollarlik harbiy yordamni to'xtatish va Saudiyaliklarni bu o'lkaga bormaslik chaqirig'i bilan kun tartibiga kelgan siyosiy taranglikka sabab bo'lgani ilgari surilmoqda.

Saudiya Arabiston, Hizbulloh Ko'rfaz davlatlarining xavfsizik va barqarorligini nishonga olgan terror hujumlari uyushtirish bilan ayblanmoqda.

Hizbulloh esa Saudiya Arabistonning, Livanni ommaviy jazolantirishga uringani va Livandagi terror faoliyatlarining Riyod boshqaruvi tomonidan dastaklanganini ilgari surmoqda.

Xuddi shu yig'ilishda, Bahraynning ichki ishlariga aralashish, etnik bo'lg'inchilikni avjlantirish va terror guruhlarini qurollantirish bilan ularga moddiy yordam bergani da'vo qilingan Eron ham qoralandi.



Aloqador xabarlar