Prezident Erdog'an, Gvineya safarining ortidan mamlakatga qaytdi.

Prezident Rajab Tayyib Erdo'g'an, Turkiya Gvineyaga kelgan mustamlakachilar kabi emas, birodarlik rishtalari bilan keldik dedi.

444262
Prezident Erdog'an, Gvineya safarining ortidan mamlakatga qaytdi.

Prezident Rajab Tayyib Erdo'g'an, Turkiya Gvineyaga kelgan mustamlakachilar kabi emas, birodarlik rishtalari bilan keldik dedi.

Erdo'g'an, g'arbiy Afrika safarining oxirgi bekati Gvineyada edi.

Ikki o'lka o'rtasida mudofaa, iqtisodiyot, salomatlik kabi 9ta bitim imzolandi.

Davlat Prezidenti Alfa Kondi bilan uyushtirgan mushtarak matbuoti anjumanida janob Erdo'g'an,

Gvineyani do'stlikdan tashqari birodar bir o'lka sifatida ko'raman" dedi va Turk havo yo'llari iyun oyidan e'tiboran Gvineyaga samolyot safarlari boshlaydi deb xushxabar berdi.

O'zaro aloqalar borasida ham to'xtagan Erdo'g'an, Gvineya yer osti va yer usti boyliklarga ega deb ta'kidlab, 69 million dollar tijorat imkoniyatini ilk bosqichda 250 milion dollarga ortidan esa 500 million dollarga ko'tarishni maqsad qilib olganlarini bildirdi.

Gvineya Prezidenti Alfa Kondi so'zlagan nutqida, ushbu safardan juda mumnun ekanini tilga olib,

“Janob prezident safari faqatgina bir prezident sifatida emas, bir Musulmon birodarimiz sifatida ham tashrif buyurdi.

Ushbu safari Gvineyaliklar juda katta bir sabaqdir va o'rganadigan juda ko'p narsa bor" dedi.

Kondiga tug'ilgan kunini kutilmagan holda tabriklagan Erdo'g'an, Istanbul shahar hokimligi, poytaxt Konakriga 50ta avtobus sovg'a qiladi xushxabar berdi.

Kondi Prezident Rajap Tayyib Erdo'g'anga ushbu nozik harakati tufayli katta minnatdorchilik bildirdi.

Erdog'an, Gvineya safarining ortidan mamlakatga qaytdi.





Aloqador xabarlar