Checheniston Avtonom Respublikasi Prezidenti Ramazan Kadirov siyosatdan bosh tortmoqchi...

Moskvada rus muholifati chechen lider Ramazan Kadirovning Rossiya xavfsizligiga rahna solgani haqida hisobot tarqatdi.

441266
Checheniston Avtonom Respublikasi Prezidenti Ramazan Kadirov siyosatdan bosh tortmoqchi...

Rossiyaga qarashli Checheniston Avtonom Respublikasi Prezidenti Ramazan Kadirov siyosatdan bosh tortishini ma'lum qildi.

Tahminlarga ko'ra, Moskvada rus muholifatining chechen lider Ramazan Kadirov Rossiya xavfsizligiga rahna solgani haqidagi hisoboti bunga sabab bo'lgan.

Kadirov rus muholifatining ushbu hisoboti matbuotda tarqatilgach, bunday qaror olgan.

8 yildan beri Checheniston Avtonom Respublikasini boshqarib kelgan Ramazan Kadirov bundan buyon oilasi bilan vaqt o'tkazishini va diniy faoliyatlar bilan shug'ullanmoqchi ekanini tilga olmoqda.

Kadirov: “Xizmat muddatim to'ldi, o'rnimga boshqasini tayinlang",-dedi.

Aytishlaricha, Ramazan Kadirov tarafdorlari qarorni o'zgartirish uchun namoyish o'tkazmoqchi bo'lgan, lekin chechen lider tarafdorlarini tinchlantirgan.

Chechen liderning izohlariga qaramasdan, Rossiyada uning biron federal xizmatga tayinlanishi mumkinligi haqida turli mish-mishlar tarqalmoqda.

Ramazan Kadirov Moskvada liberal muholifatning hisoboti matbuotda tarqatilmasdan oldin, o'zi media orqali hisobotni fosh qilib, “Barcha bu hisobotni pisand qilmaganimni ko'rsin",-deya yozgan edi.

Rossiya hukumatini qo'llab quvvatlagan Ramazan Kadirov har fursatdan foydalanib, Rossiya Prezidenti Vladimir Putinga sodiqligini tilga olardi.

Ikki yil oldin Ramazan Kadirovning rus muholif Nemtsov suiqasdida qo'li borligi haqida turli mish-mishlar tarqalgan edi.

Chechen lider o'tgan kunlarda bir liberal siyosatchini o'lim bilan qo'rqitgan edi.



Aloqador xabarlar