John Kerry Anqara-Vashington tarangligiga to’xtaldi

Bu haqida, AQSh Tashqi ishlar vaziri, Vakillar palatasi Tashqi ishlar qo’mitasida so’z qildi.

439965
John Kerry Anqara-Vashington tarangligiga to’xtaldi

Amerika Qo'shma Shtatlari, “Turkiyaning YPGga qaratilgan tashvishini tushinib turibmiz, bunga hurmat ham ko'rsatmoqdamiz" dedi.

Amerika Qo'shma Shtatlari, Tashqi ishlar vaziri John Kerry Anqara-Vashington o'rtasida yuz bergan taranglik bo'yicha kerakli uchrashuvlar bo'lib o'tganligini aytdi.

Terror tashkiloti PKKning Suriyadagi qanoti YPGning Amerika tomonidan qo'llab-quvvatlanishiga qarshi Turkiyaning ko'rsatgan munosabati to'g'risida Vakillar palatasi Tashqi ishlar qo'mitasida so'z qilgan Kerry;

-“PKK, PKKning YPG bilan bo'lgan aloqasi to'g'risida Turkiyaning tashvishlarini tushinib turibmiz. Bu mavzuda ular bilan munozara qilyapmiz. Turkiyaning tashvishiga hurmat ko'rsatishimiz shart, ko'rsatamiz ham, ko'rsatishni ham davom ettiramiz. Bunga ishonchimiz komil" deya gapirdi.

Kerry, NATOga a'zo davlatlardan biri bo'lgan Turkiya bilan faoliyat yuritayotganliklarini ham aytdi.

DEAShni yo'q qilish uchun maydonda mahalliy unsurlarga ham ehtiyoj tug'ilayotganligini aytgan AQSh Tashqi ishlar vaziri, bunga misol sifatida Kobanini tilga oldi.

Turkiya bilan, birgalikda kurash olib bora oladigan turli kurd guruhlarining ham borligiga e'tibor qaratgan Kerry,

-“Anqara uchun eng muhim qoidalarni buzmaslik uchun mintaqaning nozik nuqtalarini e'tiborga olgan holda qanday qadam tashlay olamiz deya turk yetakchilar bilan uchrashuv olib bormoqdamiz" dedi.



Aloqador xabarlar