Iroq poytaxti Bog’dodda xudkushlik xujumi uyushtirildi

Hujum poytaxtda joylashgan va shia mazhabiga oid musulmon aholisi jome' masjidiga qarshi uyushtirildi.

439882
Iroq poytaxti Bog’dodda xudkushlik xujumi uyushtirildi

Iroq poytaxti Bog'dodda, shia mazhabiga oid musulmon aholisi jome' masjidiga qarshi bombali hujum uyushtirildi. Oqibatida 15 kishi halok bo'ldi, 50 kishi esa tan jarohati oldi.

Hujumning esa terror tashkiloti DEASh a'zosi ekanligi iddio qilingan 2 nafar xudkush tomonidan amalga oshirilganligi tahmin qilinmoqda.

Birinchi xudkush nimchasining ichidagi bombani jome' masjidining ichida, ikkinchisi esa xavfsizlik xodimlari voqea joyiga yetib kelganida portlatdi.

Ko'proq shia mazhabiga oid musulmon aholisi istiqomat qilguvchi mintaqada yuz bergan hujum oqibatida jon berganlardan 4 nafari, xavfsizlik xodimlaridan iborat edi.



Aloqador xabarlar