Xalqaro Amnistiya tashkiloti:"Rossiya Suriyada urush jinoyati sodir qilmoqda"

Xalqaro Amnistiya tashkilotining krizisni boshqarish dasturi xodimi Tirana Hassan Sky News televizion kanaliga bayonot berdi.

437128
Xalqaro Amnistiya tashkiloti:"Rossiya Suriyada urush jinoyati sodir qilmoqda"

Xalqaro Amnistiya tashkilotiga ko'ra, (Amnesty International) Rossiya Suriyada urush jinoyati sodir qilmoqda.

Xalqaro Amnistiya tashkilotining krizisni boshqarish dasturi xodimi Tirana Hassan Sky News televizion kanaliga bergan bayonotida, Rossiya ohirgi yillarda sodir qilingan eng dahshatli urush jinoyatlarining ba'zilaridan mas'ul ekanini tilga oldi.

Uning aytishicha, rus jangovar samolyotlari Suriyada qastdan tinch aholi punktlariga hujum qilmoqda, u yerda ko'ngilli mexnat qilgan qutqaruvchilarni nishonga olmoqda va maktab, shifoxona va insonlar yashagan uylarni portlatmoqda.

Eng achinarlisi shuki, Rossiya bombardimondan so'ng, o'liklarni to'plashga uringan va yaradorlarni qutqarishga yugurgan ko'ngilli qutqaruvchilarni ikkinchi bombardimon bilan qastdan o'ldirmoqda.

Uning aytishicha, Rossiya Suriyada tahminan 4 oydan beri sodir qilib kelayotgan havo hujumlarida, tinchliksevar muholif nazoratidagi territoriyalarda joylashgan 27 ta maktab va 27 ta salomatlik markazini portlatdi.

BMT Suriyada 15 fevral kuni 4 shifoxona va bir maktabga sodir qilingan havo hujumida kamida 46 kishi nobud bo'lganini, 70dan ziyod kishi yaralanganini ma'lum qildi.

Tirana Hassan Rossiya va Beshar Asad rejimi hamkorlikda oshkora urush jinoyati sodir qilganiga e'tibor qaratdi.



Aloqador xabarlar