Kerry, Rossiyani tanqid qildi

John Kerry bilan Sergey Lavrov kecha telefon orqali muzokara olib borgan edilar.

437146
Kerry, Rossiyani tanqid qildi

Amerika Qo'shma Shtatlari Tashqi ishlar vaziri John Kerry, Suriyada davom etgan Rossiya havo hujumi yo'l ochgan fojialaridan tashvishda ekanligini aytdi.

O'z yurtini, Suriyadagi tinch aholini qutqarib qolish uchun yana bir bor xalqaro huquqga muvofiq qadam tashlashga undaganligini aytgan Kerry, bu nuqtadagi ilk va eng asosiy javobgarlarning Asad rejimi bilan uni qo'llab-quvvatlaguvchilar ekanligini ta'kidladi.

Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov bilan Suriyadagi oxirgi vaziyatni va o'q uzishni to'xtatish ehtimolini muhokama qilgan kechagi telefon orali yuritgan muzokarasida John Kerry, Suriyada, “dushmanliklarning to'xtatilishi" deb nomlangan jarayonning eng qisqa vaqt ichida o'z yakuniga yetishini umid qilganligini tilga oldi.

Suriyada o'q uzishni to'xtatish maqsadida tashkil topgan Birlashgan Millatlar Tashkilotining maqsadli guruhining Jenevadagi faoliyatini ham qo'lga olgan Tashqi ishlar vazirlari, Suriyadagi ba'zi mintaqalarga gumanitar yordam yetqazish to'g'risidagi faoliyatlarning “umid berguvchi" ekanligini ta'kidladi.

Kerry bilan Lavrov, o'q uzishni to'xtatish ehtimoliga qaratilgan loyihadagi faoliyatlarning qanday davom etishi mumkinligiga ham to'xtaldi.

Rossiya Tashqi ishlar vazirligining rasmiy vakili Mariya Zaharova tomonidan ma'lum qilinishicha, har ikki vazirning, muzokarada qo'lga olgan masalasi haqidagi batafsil ma'lumot Rossiya Davlat rahbari Vladimir Putin bilan Amerika Qo'shma Shtatlari Prezidenti Barack Obamaga yetqazilgan.



Aloqador xabarlar