350 kishi Boko Haramdan qutqarildi

Nigeriyadagi operatsiyalarda, Boko Haram a'zolari garovga olgan 350 kishi qutqarildi.

434298
350 kishi Boko Haramdan qutqarildi

Nigeriyaning shimoli sharqidagi Borno viloyatida uyushtirilgan operatsiyalarda, Boko Haram a'zolari garovga olgan 350 kishi qutqarildi.

Nigeriya Armiya Voizi Sani Osman, Borno viloyatida Boko Haram a'zosi terroristlar saqlangan Mafa va Dikwa hududlarida uyushtirilgan operatsiyalarda, Kamerunda olib qochirilgan 5 nafari qiz bola ham bo'lib jami 350 kishining qutqarilganini izohladi.

Operatsiyada 5 nafar terroristning o'ldririlgani, 2 terroristning esa qo'lga olinganini ifoda etgan Osman, bir AK-47 Kalashnikof miltiq, 10 ta mototsikl va 1 og'ir yuk moshinasi topilganini takidladi.

Bornoda o'tgan haftadan beri o'tkazilgan operatsiyalarda Boko Haramning qo'lidagi 436 nafar garovga olingan kishi qutqarilgan, 31 nafar tashkilot a'zosi esa o'ldirilgan edi.


Tanlangan kalimalar: #Nigeriya , #Boko Haram , #350 kishi , #qutqarildi

Aloqador xabarlar