Yunoniston Istanko'y orolida ko'chmanchilar uchun markaz ochmoqchi...

Markazning ochilishiga qarshi chiqqan yunonlar hukumatdan bu qarorni takror ko'zdan kechirishini talab qilmoqda.

432682
Yunoniston Istanko'y orolida ko'chmanchilar uchun markaz ochmoqchi...
10-11/Files/UploadedImages/5442271437makedonyayunanistansnrgmenler2.jpeg

Yunoniston Istanko'y orolida ko'chmanchilar uchun markaz ochmoqchi.

Bu haqdagi qaror orol xalqini namoyishga chorladi.

Markazning ochilishiga qarshi chiqqan namoyishchilar bilan politsiya xodimlari o'rtasida to'qnashuv yuz berdi.

Politsiya xodimlari namoyishchilarni tarqatish uchun gaz bombasidan foydalandi.

Yevropa Ittifoqi Yunoniston hukumatiga Egey mintaqasidagi orollarda ko'chmanchilar uchun 5 ta murojaat qilish markazi tashkil qilishi uchun tazyiq o'tkazmoqda.

Yunoniston hukumati 18 fevralgacha murojaat markazlari ochilishini ma'lum qilishiga qaramasdan, norozilik namoyishlari tufayli faoliyatlar qiyinchilik bilan olib borilmoqda.

Istanko'y orolidagi namoyishda yunonlar hukumatdan bu qarorni takror ko'zdan kechirishini talab qildi.

Namoyishchilarning fikricha, ko'chmanchi markazlari oroldagi turizmga katta zarar beradi.

Ba'zi O'rta Yevropa davlatlari esa, Yunoniston ko'chmanchilarning mamlakatga kirib kelishini oldini ola olmasligini, shu sababli Yunoniston Makedoniya va Bolgariya o'rtasidagi chegaralarni yopishi kerakligini ilgari surmoqda.



Aloqador xabarlar