Turkiya-Yunoniston chegarasida Angliya fuqarosi bo'lgan shaxslar qurol bilan qo'lga tushdi

Yunoniston mediasida tarqatilgan xabarga ko'ra, qo'lga tushirilgan qurol va o'q-dorilar Iroqqa olib o'tish uchun Germaniya va Avstriyadan sotib olinib, Italiya orqali bir amallab Yunonistonga olib o'tilgan.

432734
Turkiya-Yunoniston chegarasida Angliya fuqarosi bo'lgan shaxslar qurol bilan qo'lga tushdi
yunanistan tutuklama.jpg

Turkiya-Yunoniston chegarasi yaqinida joylashgan Dedeag'ach shaharchasida Angliya fuqarosi bo'lgan 3 shaxs katta miqdorda qurol va o'q-dorilar bilan qo'lga tushdi.

Yunoniston Sohil xavfsizlik xodimlari ma'lum qilishicha, Dedeag'ach portida Angliya fuqarosi bo'lgan bir shaxsga tegishli karavanda tintuv o'tkazilgan.

Tintuv paytida maxsus bo'lmalarga saqlangan 18 ta avtomat qurol va turli hajmda 39750 dona miltiq o'qi topilgan.

Prokuraturaga topshirilgan shubhali shaxslar uyushgan jinoiy to'da tuzish, terror faoliyatlariga qatnashish, noqonuniy ravishda qurol va o'q-dori olib yurish bo'yicha jinoiy javobgarlikka tortilib, qo'lga olindi.

Bundan tashqari, ikki nafar shubhali shaxsning prokuraturaga bergan ifodasidan shubhalangan Dedeag'ach Xavfsizlik boshqarmasi xodimlari Kipi chegarasida 40 yoshlarda Angliya fuqarosiga tegishli karavan ko'rinishidagi transportda tintuv o'tkazdi.

Tintuv paytida noqonuniy qurol va o'q-dorilar topildi.

Yunoniston Politsiya tashkiloti ma'lum qilishicha, tintuvda karavanning ichki bo'lmalariga saqlangan 4 dona 5.5 millimetrlik uzun masofali miltiq, 8 ta durbin va 22 millimetr atrofida tahminan 200000 dona o'q-dori topilgan.

Yunoniston mediasida tarqatilgan xabarga ko'ra, qo'lga tushirilgan qurol va o'q-dorilar Iroqqa olib o'tish uchun Germaniya va Avstriyadan sotib olingan.

So'ngra, Italiya orqali bir amallab Yunonistonga olib o'tilgan.

Xabarga ko'ra, kurd millatiga mansub 3 shaxs 8 kundan beri Dedeag'achdagi bir mehmonxonada saqlanib yotgan.

Mazkur shubhali shaxslar prokuraturada kurdcha tarjimon talab qilganini xabar qiladi Yunoniston xabar agentligi ANA-MPA.

Dedeag'ach Xavfsizlik boshqarmasi tomonidan voqeaga doir tergov ochildi.



Aloqador xabarlar