Rus jangovar samolyotlari Suriyaning Azez tumaniga hujum qildi

Dastlabki ma'lumotlarga ko'ra, hujumda 15 kishi nobud bo'lgan, 50dan ziyod aholi yaralangan.

432933
Rus jangovar samolyotlari Suriyaning Azez tumaniga hujum qildi
suriye bombardıman.jpg

Rus jangovar samolyotlari Suriyaning Halap shahridagi Azez tumaniga bomba tashladi.

Dastlabki ma'lumotlarga ko'ra, hujumda 15 kishi nobud bo'lgan, 50dan ziyod aholi yaralangan.

Jangovar samolyotlar o'rta maktab binosi bilan shifoxona binosini portlatgan.

Yaradorlardan 15 nafari tez yordam mashinasida Turkiya chegarasiga olib kelingan va u yerdan Kilis davlat shifoxonasiga keltirilgan.

Rus jangovar samolyotlar Azez tumaniga erta tongdan boshlab jami 10 marta havo hujumini sodir qildi.

Suriyaning Lazikiya portiga joylashgan rus jangovar kemalardan Halapning Azez tumanidagi tinch aholi punktlariga 8 marta ballistik roketa otildi.


Tanlangan kalimalar: #Suriya , #rus jangovar samolyotlar , #hujum , #bomba , #Azez

Aloqador xabarlar