Zika virusiga qarshi kurash davom etmoqda

Braziliyada hukumat virusga qarshi kurash uchun qo'shinni safarbar qilish to'g'risida qaror qabul qildi.

432348
Zika virusiga qarshi kurash davom etmoqda
zika aşı.jpg

Asosan Janubiy Amerika davlatlarida keng tarqalgan zika virusiga qarshi kurash davom etmoqda.

Braziliyada hukumat virusga qarshi kurash uchun qo'shinni safarbar qilish to'g'risida qaror qabul qildi.

200000dan ziyod askar chivin chaqishi bilan tarqalgan virusga qarshi xalqni ogohlantirish uchun 350 shaharda uyma-uy yurib, tushuntirish ishlarini olib boradi va bildiruv tarqatadi.

Bildiruvda chivindan qanday saqlanish yo'llari, chivinlarning tuxumlari gul tuvaklarining tagidagi suvlarda ham bo'lishi mumkinligi kabi qator ogohlantiruvlar o'rin olgan.

Kelgusi hafta 50 ming askar xokimiyat ishchilari bilan uylarni dorilaydi.

Mamlakatda hozirgacha kasallikka chalingan 462 bemor qaydga olindi.

Tahminan 4000 kishi zika virusiga chalingani shubhasi bilan karantinga olingan.

Ushbu virus asosan homilador ayollarga katta ta'sir ko'rsatadi.

Mutahassislarning aytishicha, virus ona qornidagi bolaning to'liq rivojlanmasdan chala tug'ilishiga sabab bo'ladi.

Zika virusi 2007-2016 yillarda jami 44 davlatda kuzatilgan.


Tanlangan kalimalar: #Zika , #zika virusi , #Amerika , #Braziliya , #virus

Aloqador xabarlar