Zika virusi Xitoyda ham tarqalgan

Mamlakatda xorijdan kelayotgan yo‘lovchilarni tekshirish va karantindan o‘tkazish uchun javob beradigan xizmatlar shay holatga keltirilgan.

430440
Zika virusi Xitoyda ham tarqalgan
zika çin.jpg

Shimoliy va Janubiy Amerikada tarqalgan zika virusi butun dunyoda katta havotirga sabab bo'lmoqda.
Janubiy Amerikada virus bilan kasallanish holatlari ilk bor 2015-yilning may oyida Braziliyada qayd etilgan edi, hozirda esa, zika 21 ta mamlakatga tarqalib bo'lgan.
Virusning tezkorlik bilan tarqalishiga ikki omil sababchi, bular — Shimoliy va Janubiy Amerika aholisining bugungacha zika virusiga uchramagani sababli unga qarshi immuniteti yo'qligi hamda asosiy virus tarqatuvchi — “Aedes aegypti” chivini mintaqaning Kanada va Chilining kontinent qismidan tashqari barcha mamlakatlarida mavjudligidir.
Jahon sog'liqni saqlash tashkiloti chivin tarqalgan hududlarda yashovchilarni o'zlarini uning nishidan himoya qilishga chaqiradi.
Iloji boricha och rangdagi, badanni maksimal darajada yopib turadigan kiyimlarni kiyish, uylarda chivinga qarshi to'r pashshaxonalardan foydalanish, eshik va derazalarni yopish tavsiya qilinadi.
Zika virusi homilador ayollarda kuzatilgan taqdirda, tug'iladigan chaqalog'ining bosh suyagining o'sishiga to'sqinlik qilib, ongining o'smay qolishiga sabab bo'ladi.
Hozirda asosan, Braziliyada ushbu kasallikka uchragan insonlar ko'pchilikni tashkil qiladi.
Braziliya Sog'liqni saqlash vaziri Marcelo Castroning aytishicha, ona qornidagi tug'ilmagan tahminan 4700 chaqaloqning bosh suyagi odatdagidan kichkina.
Shu sababli, Braziliyada keng tarqalib borayotgan virusni oldini olish maqsadida chora-tadbirlar kuchaytirilgan.
Tegishli vakillar homilador ayollarni Braziliyada o'tkaziladigan Olimpiada o'yinlariga qatnashmaslikka chaqirmoqda.
Afrika, janubi sharqiy Osiyo va O'rta Amerikada tezkor ravishda tarqalib borayotgan virus Amerika va Yevropa davlatlariga ham tarqaldi.
Chivin chaqishi bilan tarqalgan zika virusi jinsiy yo'llar bilan ham tarqalish ehtimoliga ega.
Zero, zika virusiga qarshi olingan chora-tadbirlar hamon qoniqarli emas.
Lekin, Hindiston ushbu kasallikka qarshi dori ishlab chiqara boshlaganini e'lon qildi.
O'rta Amerika davlati Panama esa, kasallikka qarshi kurash bo'yicha yangi metod ustida to'xtalmoqda.
Panama geni o'zgartirilgan erkak chivinlardan foydalanib, virus tashigan chivinlarning sonini kamaytirishni rejalamoqda.

Hozirda zika virusi Xitoyda ham tarqalgan.

Xitoyning Jiangxi shtatida 34 yoshdagi bir kishining zika virusiga chalingani aniqlangan.

Shiddatli bosh og'rig'i va bosh aylanishi sababli shifoxonaga kelgan bemor zika virusi tashxisi qo'yilishi bilan karantinga olindi.

Ushbu bemorning o'tgan oy Venezuelaga sayohat qilib qaytgani ma'lum bo'ldi.

Lotin Amerika davlatlarida kuzatilgan virus asosan, chivin chaqishi oqibatida tarqaladi va bosh, muskul va mushaklarda kuchli og'riq yuzaga kelish holatlari bilan o'zini namoyon qiladi.

Virusning qish paytida tarqalish ehtimoli juda kam, chunki Xitoyning iqlim sharoiti Aedes aegypti turidagi chivinlar uchun to'g'ri kelmaydi.

Hozirda xitoylik mutaxassislar zika virusini aniqlash va davolash uchun turli metodlarni ishlab chiqmoqda. Mamlakatda xorijdan kelayotgan yo'lovchilarni tekshirish va karantindan o'tkazish uchun javob beradigan xizmatlar shay holatga keltirilgan.


Tanlangan kalimalar: #Xitoy , #zika , #virus

Aloqador xabarlar