Suriya poytaxti Damashqda hujum uyushtirildi

Hujum, bomba yuklangan mashina orqali amalga oshirildi.

429755
Suriya poytaxti Damashqda hujum uyushtirildi

Suriya poytaxti Damashqda hujum uyushtirildi. Ushbu hujum rejim kuchlari nazorati ostidagi Berze tumanida, bomba yuklangan mashina orqali amalga oshirildi. Hujumda ilk aniqlashlarga ko'ra 8 kishi jon berdi, 20 kishi esa tan jarohati oldi.

Bomba yuklangan mashinaning portlatilishi ba'zi uy-joylar bilan ishxonalarning yonib ketishiga yo'l ochdi.

Damashqda, o'tgan oyda, Seyyide Zeynep nomidagi Suriyaning eng muhim shia ziyoratgohi binosiga yaqin joyda ikki boshqa bombali hujum uyushtirilgan edi. Oqibati esa 71 kishining umriga zomin bo'lgan.



Aloqador xabarlar