John Kirby:“PYDni terror tashkiloti sifatida tan olmaymiz”

Turkiya Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavushog’lu AQSh kotibligi voizi John Kirbyning ifodalarini qoraladi.

429646
John Kirby:“PYDni terror tashkiloti sifatida tan olmaymiz”
ABD

Turkiya Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavushog'lu AQSh kotibligi voizi John Kirbyning “PYDni terror tashkiloti sifatida tan olmaymiz”,-degan ifodalarini qoraladi.

Chavushog'lu:“Amerikaning bunday xatoga yo'l qo'yganidan taajjubdamiz”,-dedi.

Mojariston safari chog'ida, jurnalistlarning savollariga javob bergan Chavushog'lu do'st va ittifoqdosh davlatlar terror tashkilotlariga nisbatan qat'iy munosabatini bildirishi kerakligini aytib o'tdi.

AQSh kotibligi voizi John Kirby kundalik matbuot anjumanida, “Biz PYDni terror tashkiloti sifatida tan olmaymiz”,-degan holda, Turkiya bilan ushbu masala bo'yicha fikr almashishini ma'lum qilgan edi.

John Kirby: “Turkiya ittifoqdosh, do'st va hamkor davlat”,-degan edi.

Shuningdek, John Kirby Suriyada PYDga berilgan qurollarning Turkiyaga ham olib o'tilgani haqida savolga javob berdi.

John Kirby: “Biz bu iddaolarni isbotlaydigan biron dalil uchratmadik. Kurd jangchilarga faqatgina o'q-dori berildi, qurol emas. Bunga qaramasdan, bu masala bilan yaqindan shug'ullanyabmiz. Agar bu iddaolarni isbotlaydigan darajada biron dalil topadigan bo'lsak, kerakli chorani ko'ramiz albatta”,-dedi.


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #Amerika , #John , #Kirby , #terror

Aloqador xabarlar