Qirol Selman:"Saudiya Arabistonining ichki ishlariga aralashmang!"

Saudiya Arabistoni Qiroli Selman Bin Abdulaziz tashqi kuchlarni davlatining ichki ishlariga aralashmaslikka chaqirib, mintaqada tinchlik va farovonlik tarafdori ekanini ma’lum qildi.

429002
Qirol Selman:"Saudiya Arabistonining ichki ishlariga aralashmang!"
10-11/Files/UploadedImages/13188641861430473966suudikral1.jpg

Saudiya Arabistonida har yili an'anaviy ravishda o'tkazilgan madaniyat va tarixiy me'ros festivali ko'plab faylasuf va adabiyotshunoslarga mezbonlik qilmoqda.

Saudiya Arabistoni Qiroli Selman Bin Abdulaziz Yemame saroyida festivalga tashrif buyurgan adabiyotshunos olimlarni qabul qildi, deya xabar beradi SPA rasmiy xabar agentligi.

Saudiya Arabistoni Qiroli Selman Bin Abdulaziz tashqi kuchlarni davlatining ichki ishlariga aralashmaslikka chaqirib, mintaqada tinchlik va farovonlik tarafdori ekanini ma'lum qildi.

“Boshqa davlatlarni Saudiya Arabistonining ichki ishlariga aralashmaslikka chaqiraman",-deya ta'kidlagan Selman, “Mintaqamizda tinchlik-farovonlik va xavfsizlik hukm surishini istaymiz. Arab va musulmon qardoshlarimizni himoya qilish va mustaqilligini kafolat ostiga olish uchun hamkorlik qilyabmiz",-dedi.

Eslatma: Saudiya Arabistoni boshchiligida Turkiya bilan bir qatorda, jami 34 davlat “Terrorizmga qarshi islom ittifoqi" nomli koalitsiya tuzgan edi.

Saudiya Arabistoni va boshqa bir qator arab davlati tomonidan qo'llab quvvatlangan boshqa koalitsiya esa, mart oyidan beri Yamanda Husiylarga qarshi kurashmoqda.


Tanlangan kalimalar: #Saudiya , #Arabiston , #qrol , #Selman

Aloqador xabarlar