AQSh Prezidenti, musulmonlar ibodatxonasini ziyorat qilmoqchi

AQSh Prezidenti ushbu ziyoratni amalga oshirgudek bo'lsa unda bu ziyorat, "Uning tarixidagi birinchi musulmonlar ibodatxonasi ziyorati" sifatida tarix sahifasidan o'rin oladi

425981
AQSh Prezidenti, musulmonlar ibodatxonasini ziyorat qilmoqchi

Amerika Qo'shma Shtatlari Prezidenti Barack Obama, prezident sifatida birinchi marotaba Amerikadagi bir jome' masjidini ziyorat qilmoqchi.

Oq Saroydan ma'lumot qilinishicha, Obama, 3-fevral kuni Maryland shtatiga qarashli Baltimore shahrida joylashgan Islomiy jamiyat masjidini ziyorat qiladi.

Ushbu ziyoratning maqsadi, “Amerikalik musulmon aholisining Amerika xalqi hayotiga qo'shgan ijobiy hissalarini ulug'lash va Amerikadagi ishonch erkinligiga qaratilgan ahamiyatni takror ta'kidlamoqdir”.

Obama, dasturi doirasida Amerika Qo'shma Shtatlaridagi ishonch erkinligining muhofaza qilinishi to'g'risida nutq ham so'zlaydi.

Parijdagi terror hujumi ortidan Amerika Qo'shma Shtatlaridagi islomofobining takror avj olganligini ko'rsatgan bir qator hisobat, xalqga aks etgan edi.

Obamaning bu ziyorati, shuning uchun ham katta ahamiyat kasb etadi.



Aloqador xabarlar