Shvetsiya, 80 ming muhojirni deportatsiya qilmoqchi

O’tgan 2015-yilning o’zida, 163 ming chet ellik Shvetsiyadan boshpana talab qilgan edi.

425459
Shvetsiya, 80 ming muhojirni deportatsiya qilmoqchi

Shvetsiya Ichki ishlar vaziri Anders Ygeman tomonidan ma'lum qilinishicha, o'tgan yili Shvetsiyadan boshpana talab qilgan qariyb 80 ming muhojir deportatsiya qilinishi mumkin.

Shvetsiya hukumatining mana shu ehtimol tufayli Muhojirlar xizmati bilan militsiya bo'limiga tayyorgarlik ko'rishlari uchun buyruq berganligi ham ma'lum bo'ldi.

O'tgan 2015-yilning o'zida, 163 ming chet ellik Shvetsiyadan boshpana talab qilgan edi.

Degans Industri gazetasi tomonidan aniqlanishicha muhojirlarni deportatsiya qilish mavzusi, Shvetsiyaning muhojirlar siyosatiga aslida begona. Agar nomi tilga olingan ehtimol amalga oshgudek bo'lsa unda bu degani, bir yil mobaynida har kuni, 200 nafar muhojir deportatsiya qilinadi degan ma'noga keladi.

Shvetsiya Ichki ishlar vaziri Anders Ygeman, “Avvalom bor muhojirlarni ixtiyoriy olaroq o'z yurtlariga qaytishlarini ta'minlashga harakat qilamiz. Agar bu say-harakatimiz talabimizga javob bermagudek bo'lsa unda biz ularni majburiy shartlar ostida o'z yurtlariga kuzatishga majburmiz” dedi.

Muhojirlarni o'z yurtlariga majburiy shartlar ostida kuzatish balkim ularning, yer ostiga tushishlariga yo'l ochadi. Shuning uchun ham bu ehtimollarga qarshi militsiya xodimlarining tayyor turishlari haqida buyruq berilganligi ma'lum bo'ldi.

Hukumat va militisya xizmati, deportatsiya qilingan muhojirlarni tranzit uchog safarlari orqali emas maxsus ijaraga olingan uchoq orqali yubormoqchi ekanligi ham ma'lum bo'lgan ma'lumotlar orasida.



Aloqador xabarlar