“Tinchlik harbiy emas, siyosiy yo’llar orqali kelishi mumkin”.

Hasan Ruhoniy Italiyadagi ziyoratida, tinchlikning mintaga harbiy emas balki siyosiy yo’llar orqali kelishi mumkinligini ta’kidladi.

424645
“Tinchlik harbiy emas, siyosiy yo’llar orqali kelishi mumkin”.

Eron Prezidenti Hasan Ruhoniy, o'z yurtiga qaratilgan sanktsiyalar olib tashlanishi ortidan birinchi Yevropa ziyorati doirasida Italiyaga bordi.

Italiya ziyorati chog'ida Ruhoniyga 6 Davlat vaziri bilan 120 dan ortiq ishbilarmon hay'at hamrohlik qildi.

Kecha Italiya Prezidenti Sergio Mattarella va Bosh vazir Matteo Renzi bilan uchrashuv o'tkazgan Ruhoniyning Italiya sayohatidagi eng muhim kun tartibi esa iqtisodiyot edi.

Ikki davlat o'rtasida, turli sohalarda 17 shartnomaga qo'l qoyildi.

Qo'l qoyilgan shartnomalar ro'yhatida Erondagi temir yo'l liniyalarining italyanlar tomonidan rivojlantirilishi, yuqori tezlikdagi poyezdlar, tibbiy va dorixona tarmog'i va energiya sohasidagi hamkorliklar o'rin olgan.

Shartnomalarga qo'l qoyilgach Renzi bilan Ruhoniy mushtarak matbuot anjumani uyushtirdi.

Ruhoniy bilan do'stona va konstruktiv muzokara o'tkazganliklarini tilga olgan italiyalik lider;

“Eron bilan yadroviy shartnoma, kamdan-kam uchraydigan fasl o'zgarishining xabarchisidir va Venadagi shartnomaga qaratilgan say-haraktning faqatgina Eron uchun emas balki mintaqaning tinchlik va farovonligi jihatidan ham yangi mavsumning birinchi qadami bo'lishiga ishonchim komil” dedi.

Tinchlikning mintaga, harbiy emas siyosiy yo'llar orqali kelishi mumkinligini ta'kidlagan Ruhoniy ham, bu mavzuda Italiya bilan birgalikda ish olib borilishi kerakligini aytdi.



Aloqador xabarlar