Amerika Iroq va Suriyaga borgan evropaliklar uchun mamlakatga kirishni murakkablashtirmoqda

Mazkur choralar AQSh hududiga DAISh terror tashkiloti safida jang qilgan Yevro-ittifoq fuqarolarining kirib kelishini oldini olishdan iborat.

424059
Amerika Iroq va Suriyaga borgan evropaliklar uchun mamlakatga kirishni murakkablashtirmoqda
obama beyaz saray

Amerika Qo'shma Shtatlari Iroq va Suriyaga borgan evropaliklar uchun mamlakatga kirishni murakkablashtirmoqda.

AQSh hukumati so'nggi besh yil ichida Iroq, Suriya, Eron yoki Sudanga tashrif buyurgan Yevropa mamlakatlari fuqarolari uchun viza talablarini kuchaytirmoqchi, deya xabar berdi Associated Press agentligi.

Shuningdek, mazkur davlatlarda ikkinchi fuqarolikka ega chet el fuqarolari uchun ham qo'shimcha to'siqlar qo'yiladi.

Mazkur choralar AQSh hududiga DAISh terror tashkiloti safida jang qilgan Yevro-ittifoq fuqarolarining kirib kelishini oldini olishdan iborat.

Shubhalar doirasidan tashqaridagi evropaliklarga Qo'shma Shtatlarga vizasiz kirish talabi avvalgidek davom etadi.


Tanlangan kalimalar: #Amerika , #ABD , #Suriya , #terrorist , #viza

Aloqador xabarlar