Teslova, Turk bayrog’i bilan Putinga savol berdi

Putin Moskvada, bir yarim mingga yaqin jurnalist uchun yil yakunlariga oid matbuot anjumani uyushtirdi.

364648
Teslova, Turk bayrog’i bilan Putinga savol berdi

Rossiya Prezidenti Vladimir Putinning Moskvada, bir yarim mingga yaqin jurnalist uchun bergan yil yakunlariga oid matbuot anjumanida Onado’li agentligi muxbiri Yelena Teslova, qo’lida Turk bayrog’i bilan savol berdi.

Rossiya bombachi uchog‘ining 24-noyabr kuni Turkiya chegarasiga kirganligi uchun Turk F-16 tomonidan urib tushirilishi tufayli Rossiya-Turkiya munosabatlari yomonlashgan davrda Putinga, qo’lida Turk bayrog’i bilan savol bergan Yelena Teslova, Rossiya va Yevropa ommaviy axborot vositalarining e’tiborini o’ziga qaratdi.

Putinning Moskvada, bir yarim mingga yaqin jurnalist uchun bergan yil yakunlariga oid matbuot anjumani uchun bu yil, 1 390 nafar matbuot xodimi akkreditatsiyadan o'tdi.

Yig’ilishda Teslova ko’targan bayroqni payqagan Putin, “Turk jurnalistlarga so’z beraylik” dedi.

Onado’li agentligi muxbiri Teslova, Putinga, “Turkiyaning Moskva elchixonasiga qaratilgan hujumlar, turk talabalarning yotoqxonalardan haydalishi, ishbilarmonlarning deport qilinishi haqida norozichiliklar tug’ilmoqda. Bu mavzuni qanday baholaysiz” va “Venadagi uchrashuvda ishtirokchilar, Suriya prezidenti Bashar Asadning, Suriyadagi vaziyatni tartibga solish jarayonidagi roli haqida kelisha olmadilar. Rossiya bilan AQSh, Asadning kelajagi haqida kelishib oldilar mi? Suriyadagi vaziyatni tartibga solish jarayonida Asad o’rin oladimi? Nyu-Yorkdagi yig’ilishda Asad haqida nimalar deysiz? degan savollarni berdi.

Yig’ilish ortidan izohat bergan Teslova, “Putinga bir necha savolim bor edi. Buning uchun esa avvalom bor shunchalik ko’p jurnalistlar orasidan uning e’tiborini jalb etishim kerak edi. Onado’li agentligida ishlayman. Ushbu yig’ilishda Turk axborot vositalari nomidan ishtirok etayotganim uchun ham Turk bayrog’i ko’tardım” dedi.

Turkiya va Rossiya o’rtasidagi oxirgi kunlarda yuz bergan taranglikga to’xtalgan Teslova, “Bu inqirozning tez kunlarda o’tib ketishini va aloqalarning yaxshilanishini umid qilaman. Turklar bilan ruslar uzoq yillardan beri qo’shni bo’lib kelgan ikki xalqdir. Oxirgi yillarda ikkala millat o’rtasida munosabatlar judayam rivojlandi. Turk-Rus xalqi do’stligini hech narsa buzolmaydi” dedi.


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar