Pokistonda hujum uyushtirildi

Ma'lum qilinishicha, ushbu hujum pokistonlik shia mazhabidagi yoshlarning Suriyaga, Asadga yordam berish uchun ketayotganliklariga qarshi uyushtirilgan.

362284
Pokistonda hujum uyushtirildi

Pokistonning shimoli-sharqiy mintaqasida joylashgan va aksariyat aholisi shialardan iborat bo’lgan Parachinar shaharchasida uyushtirilgan hujumda, halok bo’lganlar soni 25 nafarga chiqdi.

Parachinar shaharchasidagi bir bozorda yuz bergan ushbu hujum oqibatida, tan jarohati olganlar esa 70 nafarga yetdi. Ulardan ko’pchiligining ahvoli og’ir.

Hujumning ma’suliyatini, Lashkar-i Jangvi isimli, DEASh jangchilaridan biri o’z zimmasiga oldi.

Tashkilot maqsadlarining, pokistonlik shia mazhabidagi yoshlarning Suriyaga, Asadga yordam berish uchun ketayotganlarga qarshi ekanligini bildirdi.

Mintaqadagi shia mahallalariga avval ham al-Qoida va Tolibon a’zolari tomonidan bir necha bor hujum uyushtirilgan edi.


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar