Yevropada terror tahlikasiga qarshi nazorat kuchaytirildi

Jeneva va atrofidagi aeroportlar, xalqaro tashkilotlarga tegishli binolar, poyezd stansiyalari va ibodatgohlarda nazorat kuchaytirilgan.

407789
Yevropada terror tahlikasiga qarshi nazorat kuchaytirildi

Shveysariya Federal bosh prokuraturasi juma kuni Fransiya chegarasida qo’lga tushgan ikki Suriya fuqarosining qamoqqa olinganini ma’lum qildi.
Shahslar portlovchi modda va zaharli gaz ishlab chiqarganlikda, uni saqlaganlikda va yashirincha olib o’tganlikda ayblanmoqda.
Bundan tashqari, ushbu suriyalik aybdor shahslar “Al Qoida va DAISh kabi terror tashkilotlarini man qilgan Shveysariya qonunlarini oyoq osti qilganlikda ayblanmoqda.
Prokuratura ma’lumotiga ko’ra, aybdor shahslar ustidan jinoiy ish qo’zg’atilgan.
Jenevadagi BMT binosi chorshanba kuni terror tahlikasi sababli bo’shatilib, tintuv qilindi.
Ertasi kuni shahar bo’ylab ehtimoliy terror hujumiga qarshi trevoga boshlatilgan.
Jeneva va atrofidagi aeroportlar, xalqaro tashkilotlarga tegishli binolar, poyezd stansiyalari va ibodatgohlarda nazorat kuchaytirilgan va politsiya xodimlari soni oshirilgan.
Ispaniyada ham yoshlarni terror tashkilotiga da’vat qilgan 34 yoshdagi bir Ispaniya fuqarosi qo’lga olingan.



Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar