Su-24 samolyotining qora qutisi topildi

Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Su-24 samolyotining qora qutisi xalqaro mutahassislar guvohligida ochilishi to’g’risida buyruq berdi.

404388
Su-24 samolyotining qora qutisi topildi

Rossiya Prezidenti Vladimir Putin 24 noyabr kuni Turkiya chegara qoidalarini buzgani uchun Turk F-16 jangovar samolyotlari tomonidan urib tushirilgan Su-24 samolyotining qora qutisi xalqaro mutahassislar guvohligida ochilishi to’g’risida buyruq berdi.
Putin Mudofaa vaziri Sergey Shoyguni Kreml saroyida qabul qildi.
Shoygu Suriya qo’shiniga tegishli maxsus mutahassislar samolyot qulab tushgan maydonni tozalaganini va samolyotning qora qutisini topishga muvaffaq bo’lganini ma’lum qilgan.
Qora qutini ko’zdan kechirgan Putin, “Qora quti Su-24 samolyotining uchgandan qulab tushgunga qadar aniq yo’nalishini, tezligini, balandligini va uchayotgan paytda barcha burilish holatlarini bizga ko’rsatadi”-dedi.
Putin qora qutini tekshirish jarayoni xalqaro mutahassislar guvohligida amalga oshirilishi haqida buyruq berdi.

 



Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar