Rossiya:"Turkiya terror tashkilotidan neft sotib olmoqda"

Oq Uy rasmiylari ruslarning havotirini noo’rin deb baholar ekan, AQSh kotibligi Rossiyaning iddaolarini umuman yolg’on ekanini ma’lum qildi.

398607
Rossiya:"Turkiya terror tashkilotidan neft sotib olmoqda"

Rossiya Turkiyaning DAISh terror tashkilotidan neft sotib olganini ilgari surmoqda.
Amerika Qo’shma Shtatlari bu iddaolarning yolg’onligini aytmoqda.
Oq Uy rasmiylari ruslarning havotirini noo’rin deb baholar ekan, AQSh kotibligi Rossiyaning iddaolarini umuman yolg’on ekanini ma’lum qildi.
Beshar Asad rejimi DAISh neftining eng katta haridori ekanini isbotlagan dalillar topilganini bildirgan Oq Uy kotibi Josh Earnest Rossiya ushbu havotirini Beshar Asad rejimi bilan birga ko’zdan kechirishi kerakligini aytib o’tdi.
Josh Earnest Beshar Asad rejimining birgina tayanchi Rossiya ekanini ilgari surdi.
Uning aytishicha, Turkiya Prezidenti R.T.Erdog’an bilan Amerika Prezidenti Barack Obama Parijdagi BMT Iqlim sammitida Turkiyaning chegara xavfsizligi masalasi bo’yicha fikr almashgan.
Josh Earnest chegaraning bir qismi Turkiyaning milliy xavfsizlik manfaatlari va xorijdan kelgan ko’ngilli jangarilarning o’tishini oldini olish uchun yopilganini bildirdi.
Qolaversa, chegaraning yopilishi bilan DAISh terror tashkilotining noqonuniy ravishda moddiy yordam olishini ham oldini oladi.
Mavzuga doir o’zgarishlarni kuzatib borgan AQSH kotibligi voizi Mark Toner, “Biz Turkiya hukumatining neftni qo’lga kiritish uchun DAISh terror tashkiloti bilan hamkorlik qilganiga doir iddaolarga umuman ishonmaymiz”-dedi.
Tonerning aytishicha, ruslarning iddaolarini isbotlaydigan hech qanday dalil yo’q.

 

 


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar