Rossiya Suriyada PYDga havodan 5 tonna qurol tashladi

Terror tashkiloti PKKning Suriyadagi hamkori PYD Rossiyadan olgan qurollar bilan hududda muholiflarga hujum qilmoqda.

398823
Rossiya Suriyada PYDga havodan 5 tonna qurol tashladi

Rossiya ba’zi hatti-harakatlari bilan Suriyada vaziyatni yanada avj oldirmoqda.
Rossiyaga tegishli harbiy yuk samolyoti Halapning shimolida terror tashkiloti PKKning Suriyadagi hamkori PYDga havodan 5 tonna o’q-dori va qurol tashlagani ilgari surilmoqda.
Anadolu Xabar agentligi Suriya mahalliy koordinatsiya komitetiga tayanganib ma’lum qilishicha, Shayh Maksud hududidagi PYD jangarilariga parashyutlarda 5 tonna qurol tashlangan.
PKKning Suriyadagi hamkori PYD Rossiyadan olgan qurollar bilan hududda muholiflarga hujum qilmoqda.
O’tgan hafta PYD jangarilari Afrin va Kobani hududini birlashtirish uchun muholiflar nazoratidagi Azez-Jerablus tarmog’iga Rossiyaning yordami bilan hujum qilgan edi.
Tahminan 2 oydan beri davom etgan Rossiya-PYD yaqinlashuvi rus samolyotining urib tushirilishidan so’ng jang maydonida ham yaqqol ko’zga tashlanmoqda.



Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar