Amerika:"DAIShning qo'lidagi neftga ruslar o’rtamchilik qilmoqda

Amerika Beshar Asad rejimini moddiy ta’minlagani va DAIShning neft tijoratiga o’rtamchilik qilgani sababli 4 shahs (ruslar) va 6 shirkatni qora ro’yxatga oldi.

394083
Amerika:"DAIShning qo'lidagi neftga ruslar o’rtamchilik qilmoqda

Rossiya Prezidenti Vladimir Putin terror tashkiloti DAISh tomonidan yuritilgan neft tijorati bilan Turkiya o’rtasida aloqa topishga harakat qilsa ham, buning aksi ekani Amerika hukumati tomonidan isbotlandi.
Amerika Qo’shma Shtatlari DAISh neftiga ruslar o’rtamchilik qilganini aniqladi.
Amerika Hazina vazirligi, Beshar Asad rejimini moddiy ta’minlagani va DAIShning neft tijoratiga o’rtamchilik qilgani sababli 4 shahs va 6 shirkatni qora ro’yxatga oldi.
Bular ichida ruslar ham borligi aytilmoqda.
Vazirlikning izohiga ko’ra, ro’yxatdagi George Haswani va uning qo’l ostidagi shirkat Beshar Asad rejimiga DAIShdan neft sotib olishga o’rtamchilik qiladi.
Qora ro’yxatga kiritilgan Mudalal Khuri, Rossiyadagi Financial Alliance bankining boshqaruv kengashi rahbari va ayni paytda Beshar Asad rejimining Rossiyadagi finans ishlaridan mas’ul vakili.
Rossiya Federatsiyasiga qarashli Qalmog’iston Respublikasi va Jahon shaxmat federatsiyasining sobiq rahbari Kirsan Ilyumzhinov esa, Financial Alliance banki va Khuriga tegishli firmalar bilan bo’lgan aloqalari tufayli ushbu qora ro’yxatga olingan.
Janubiy Kipr markazidagi Primax shirkatining direktori Nicos Nicolaou ham Khuriga qarashli firmalar bilan aloqada ekani sababli qora ro’yxatga olindi.
Amerika o’tgan yili terror tashkiloti DAIShdan neft sotib olgani sababli Rus Tempbank bilan ba’zi rejim tadbirkorlariga sanksiya tadbiq etgan edi.



Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar