Vladimir Putin Fransiya flotini dastakladi...

Putin Fransuz floti bilan birga Suriya dasturi ustida faoliyat olib borishini ifoda etdi.

366911
Vladimir Putin Fransiya flotini dastakladi...

Rossiya Prezidenti Vladimir Putin, flotga, ertaga Suriyaga borib Fransuz harbiy kemasi, "Charles de Gaulle" kemasining ekipaji bilan aloqaga o'tib Fransuz flotini ittifoqdosh sifatida qabul qilish talimoti berdi.

Putin Moskvada bergan bayonotida, shunday qilib o'lkasining Fransuz floti bilan birga Suriya dasturi ustida faoliyat olib borishini ifoda etdi.

Putinning ofisidan berilgan bayonotda ham, Putin bilan Fransiya Prezidenti Franchios Hollande bilan telefon orqali uchrashgani bildirildi.

Uchrashuvda, DEASHga qarshi kurashda hamkorlik olib borishga qaror qilinganini bildirdi.

Boshqa tomonda ikki o'lka Suriyadagi DEASHga qarata havo hujumlarini orttirdi.

Fransiya, Suriyaning Rakka shahrida DEASH nuqtalariga 10 ta harbiy samolyot bilan uchinchi marotiba og'ir bombaladi.

Fransiya Mudofaa Vaziri Jean-Yves Le Drian havo hujumlarining davom etishini bildirdi.

Rossiyaning so'ngi havo hujumlarida esa DEASHga oid 200 nuqta bombalandi.

Rossiya, Suriyadagi havo kuchining 37 ta harbiy samolyot bilan kuchaytiriladi.


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar