Parijdagi terror hujumini fransuzlarning o’zi sodir qilgan

Fransuz xabar agentligi AFP ma’lum qilishicha, bir video tasvirda hujumni bo'yniga olgan shahs Fabien Clain ismli fransuz bo’lgan va u terror tashkiloti DAIShga a’zo bo’lgan.

418666
Parijdagi terror hujumini fransuzlarning o’zi sodir qilgan

Juma kuni terror tashkiloti DAISh tomonidan Parijda sodir qilingan terror hujumini fransuzlarning o’zi sodir qilgani aniqlandi.
Hujumni o’z bo’yniga olgani aks ettirilgan video tasvirda gapirgan bir shahs fransuz millatiga mansub bo’lgan.
Fransuz xabar agentligi AFP ma’lum qilishicha, video tasvirda gapirgan shahs Fabien Clain ismli fransuz bo’lgan va u terror tashkiloti DAIShga a’zo bo’lgan.
Fransiyaning Toulouse shahridagi radikal ekstremist guruhning tajribali a’zolaridan biri bo’lgan 35 yoshdagi Clain, 2012 yili 7 kishini o’ldirgan Muhammed Merahga yaqinligi bilan taniladi.
Fabien Clainning 2009 yili Suriyaga o’tgani tahmin qilinmoqda.
Ushbu video tasvirda Fransiya mavjud siyosatini davom ettiradigan bo’lsa, DAISh terror tashkilotining o’ljasiga aylanishini ko’rsatish maqsadida bunday hujumga qo’l urilgani ma’lum qilingan.
Bundan tashqari, Amerika vakillar palatasi ichki xavfsizlik komiteti rahbari Michael McCaul Parijdagi terror hujumlari katta tuzoq ekanini tilga olmoqda.
CNN International telekanaliga reportaj bergan Michael McCaulning fikricha, kamida 20 terroristning Parijdagi hujumlarda qo’li bor.



Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar