Nigeriyada hujum uyushtirildi

Fransiyadagi hujum ortidan bu gal Nigeriyada hujum uyushtirildi.

418755
Nigeriyada hujum uyushtirildi

Nigeriyaning shimoli-sharkiy mintaqasida joylashgan Yola shahrida bir meva va sabzavot marketida yuz bergan bombali hujum oqibatida 32 kishi jon berdi, 80 kishi esa tan jarohati oldi.

Ushbu voqeaning xudkushlik hujumimi yoki yo’qligi hozircha noma’lum.

Hujumning javobgarchiligini o’z zimmasiga olganlar hali yo’q lekin bu voqeaning terror tashkiloti Boko Haram tomonidan amalga oshirilganligi tahmin etilmoqda.

Boko Haram mintaqada, oktabr oyida bir jome’ masjidiga qaratilgan bombali hujum uyushtirgan edi. Oqibatida esa 27 kishi jon bergan.

Kamerunda esa Boko Haram a’zosi terroristlar tomonidan uyushtirilgan hujumda ilk aniqlashlarga ko’ra 8 nafar tinch aholi jon berdi.

Harbiy mintaqa qo’mondoni polkovnik Issa Babaturaning aytishicha, terroristlar Kamerunning Nigeriya chegarasiga yaqin joyda joylashgan Goldavi shahriga hujum uyushtirgan. Oqibatida 9 kishi tan jarohat olgan.

Babatura, yarim kechasi Mora mintaqasiga hujum uyushtirgan terroristlarning uy-joylarni olovga berib yakson qilganligiyu, ko’plab do’konlarni talon-taroj qilganligini ifodaladi.


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar