Parijdagi terror hujumi oqibatida yana 3 kishi halok bo’ldi

Fransiya poytaxti Parijda 13-noyabr kuni uyushtirilgan terror tashkiloti hujumi oqibatida 300 dan ortiq kishi tan jarohati olgan edi, ulardan yana 3 nafari halok bo’ldi.

417834
Parijdagi terror hujumi oqibatida yana 3 kishi halok bo’ldi

Shunday qilib Parijda uyushtirilgan jami 6 hujum oqibatida halok bo’lganlar soni 132 nafarga chiqdi.

Bosh vazir Manuel Valls, hujumning Suriyada rejalashtirilganligini aytdi. Shuningdek Manuel yana yuz berishi mumkin bo’lgan hujumlar haqida ogohlantirdi.

Keyingi kunlarda yoki keyingi haftalarda shunga o’xshash hujumlarning yuz berishi mumkinligi haqida ogohlantirgan Fransiya Bosh vaziri buning boshqa Yevropa davlatlarida ham ro’y berishi mumkinligini ta’kidladi.

Bosh vazir Valls,

“Terroristlar takror hujum qilishi mumkin. Uzoq muddatgacha mana shu tahdit bilan yashaymiz. Bundan qorqmasligimiz, bunga tayyor turishimiz darkor. Fransiya razvedka xizmati yoz oylaridan beri Parijda, mana shunga o’xshash ko’plab hujum urinishlariga mone’lik qildilar. Razvedka bu hujumning rejalashtirilayotganligini bilar edi” ded.

Shu bilan birga kecha oqshom vaqtida poytaxtda joylashgan Republique maydoni bilan Notre Dame nomidagi katedralinida qisqa muddatli terror hujumi vahimasi kuzatildi.

Juma kuni yuz bergan voqeada halok bo’lganlarni yodga olish chog’ida yuz bergan vahima ortidan militsiya xodimlari notog’ri ma’lumot ekanligini aytdi.

Undan tashqari Fransiya Prezidenti Fransua Hollande, poytaxt Parijni qonga bulagan terror hujumlari ortidan Fransiyaning sobiq Prezidenti Nikolas Sarkozi bilan muxolafat partiyasi liderlarini birma-bir qabul qilib, ularga hujum haqida ma’lumot berdi.

Uchrashuvlar chog’ida muxolafat partiyasi liderlari, “hukumatning terrorga qarshi kurashda yana da qarorli va kuchli chora va tadbirlar ko’rishini” talab qildilar.

Fransua Hollande, bugun majlis va senato a’zolari bilan yig’lish o’tkazib terrorga qarshi kurash strategiyasi haqida ma’lumot beradi.

Parijni qonga bulagan terroristlarning ketiga tushgan Fransiya militsiya xodimlari esa 90 kishining o’limiga sabab bo’lgan Bataclan konsert zali hujumchilaridan birining esa, 29 yoshidagi O’mar Ismoil Mostefai ekanligini aniqladi.

Asli jazoirlik bo’lgan Fransiya fuqarosi Mostefaininig kim eknaligi barmoq izidan aniqlanar ekan, militsiya xodimlari, terrorist oilasining uyiga qaratilgan bosqin uyushtirdi. Oqibatida 6 nafar yaqini nazorat ostiga olindi.

Fransiyalik militsiya xodimlari undan tashqari, Salah Abdussalom isimli va 1989-yili Belgiyada tug’ilgan 1 nafar shubhalining fotosuratini tarqatdi. Ushbu shubhalining Bataclan ko’ngilochar markazini nishonga olgan xudkushlardan birining ukasi ekanligi ma’lum qilindi.

Hujum chog’ida foydalanilgan 2ta mashinaning nomeri Belgiyaga oid ekanligi bois amaliyotlar Belgiyani ham o’z ichiga olgan ravishda kengaytiridli.

Har ikki davlatning Ichki ishlar vazirlari uchrashuv o’tkazib, keyingi ma’lumotlarni baholadilar.

Belgiya Ichki ishlar vaziri Jan Jambon, keng ko’lamli hamkorlik olib borajaklarini aytdi.

Fransiya Ichki ishlar vaziri Bernard Cazeneuve ham, ma’lumotlarga ko’ra hujumlarning Fransiyada emas chet elda rejalashtirilganligini, undan tashqari Fransiyadagi ba’zi kishilarning yordam berishi orqali bir guruh belgiyaliklar tomonidan qo’l urulganligini aytdi.

Cazeneuve, chegara darvozasining xavfsizligi va ma’lumotlarni baham ko’rish marzusida Yevropa itifoqini tezlik bilan qaror qabul qilishga va uni amalga oshirishga undadi.


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar