Kanadada Masjid Al-Salaam jome’yiga o't qo'yildi

Kavartha musulmonlar jamiyati rahbari Kenzu Abdellaning aytishicha, jome’da 80 ming Kanada dollari (173 ming lira) atrofida moddiy zarar yuzaga kelgan.

366354
Kanadada Masjid Al-Salaam jome’yiga o't qo'yildi

14 noyabr shanba kuni kechasi Kanadaning Toronto shahridagi Masjid Al-Salaam jome’yiga kimligi noma’lum shahslar o’t qo’yib yuborgan.
Jome’da katta moddiy zarar yuzaga kelgan.
Voqeadan so’ng, xavfsizlik kuchlari bilan o’t o’chiruvchilar jome’da tekshiruv olib bormoqda.
Kawartha musulmonlar jamiyati rahbari Kenzu Abdella ushbu hodisani qoraladi va 1994 yili xizmatga tushgan ibodatgohning bugungacha faqatgina 11 sentyabr voqealaridan keyin hujumga uchraganini bildirdi.
Uning aytishicha, jome’da 80 ming Kanada dollari (173 ming lira) atrofida moddiy zarar yuzaga kelgan.
Hudud deputatlari va Demokratik tashkilotlardan mas’ul davlat vaziri Maryam Monsef mavzuga doir yozma izoh bildirdi va voqeadan chuqur iztirobda ekanini tilga oldi.
Kanadaning dastlabki musulmon vaziri Monsef, “Tergov davom etmoqda. Shahsan o’zim kuzatib boryabman. Barchamiz birgalikda bunday hodisalarga qaramasdan, hamjihat ekanimizni ko’rsatish vaqti yetib keldi”-dedi.

 


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar