Poroshenko:"Terror tashkiloti Ukrainaga ham ko’z tikkan"

Ukraina Prezidenti Petro Poroshenkoning buyrug’i bilan butun mamlakat bo’ylab xavfsizlik nazorati kuchaytirildi.

417457
Poroshenko:"Terror tashkiloti Ukrainaga ham ko’z tikkan"

Ukraina Prezidenti Petro Poroshenko Parijdagi terror hujumlaridan so’ng, Ukraina ham terror tashkiloti DAIShning xavfi ostida ekanini aytib o’tdi.
Poroshenko xavfsizlik ma’lumotlariga ko’ra, terror tashkiloti DAISh Ukrainaga ham ko’z tikkanini bildirdi.
Poroshenko: “Parijdagi terror hujumidan so’ng, Ukrainada terror tashkiloti DAISh bilan aloqador tahlika ehtimoli aniqlandi. Kecha ushbu tahlikaga qarshi chora ko’rish, xorijdagi hamkor davlatlar bilan hamkorlikda tinchlikni saqlab qolish va Ukrainada barqarorlik ta’minlash uchun buyruq berdim”-dedi.
Ukraina Prezidenti Petro Poroshenkoning buyrug’i bilan butun mamlakat bo’ylab xavfsizlik nazorati kuchaytirildi.



Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar