Riyadda Arab-Lotin Amerika Oliy yig’ilishi o'tkazilmoqda

Riyadda o’tkazilgan 4-Arab-Lotin Amerika Oliy yig’ilishida so’zga chiqqan BMT Bosh kotibi Ban Ki Moon millionlab Suriyalik qochqinni qabul qilgani uchun Turkiya, Livan va Iordaniyani taqdirladi.

365272
Riyadda Arab-Lotin Amerika Oliy yig’ilishi o'tkazilmoqda

BMT Bosh kotibi Ban Ki Moon millionlab Suriyalik qochqinni qabul qilgani uchun Turkiya, Livan va Iordaniyani taqdirladi.
Ban Ki Moon Saudiya Arabistonning poytaxti Riyadda o’tkazilgan 4-Arab-Lotin Amerika Oliy yig’ilishida so’zga chiqdi.
Ban Ki Moon Venadagi Suriya muzokaralarida xalqaro hamjamiyat masalani hal qilish uchun tashabbus ko’rsatganini va tinchliksevar yo’llar bilan yechim topishga harakat qilganini bildirdi.
Suriyadagi to’qnashuvlarni to’xtatish zarurligini aytib o’tgan Ban Ki Moon, Turkiya, Livan va Iordaniyani qochqinlarni qabul qilgani uchun taqdirlar ekan, ayni paytda qochqinlarga boshpana berishga va’da bergan Braziliya va boshqa janubiy Amerika davlatlarini ham taqdirlaganini bildirdi.
Yamandagi notinchlikka harbiy yo’llar bilan yechim topib bo’lmasligini bildirgan Ban Ki Moon, butun tomonlarni Jenevada BMT nazoratida o’tkaziladigan yig’ilishlarga qatnashishga chaqirdi.
Yamanda tinch aholining nobud bo’layotganiga va tobora vaziyat ayanchli bo’lib borayotganiga diqqat qaratgan Ban Ki Moon, barcha davlatlardan Yaman xalqining qiyinchiligini yengillatish va tinch aholi o’limlarini oldini olish uchun qo’lidan kelgancha harakat qilishini talab qildi.
Terror voqealariga ham to’xtalgan Ban Ki Moon terrorizm butun dunyoga tarqalgan illat ekanini tilga oldi.
Ban Ki Moon kelgusi yil BMT Umumiy kengashiga DAISh, Boko Haram va boshqa terror tashkilotlarining hujumlarini oldini olish uchun reja tuzishini ma’lum qildi.
Oliy yig’ilishga 33 arab va Lotin Amerika davlatlaridan prezidentlar, bosh vazirlar va vazirlar ishtirok etmoqda.

 


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar