Nemislar, muhojirlar siyosatiga norozichilik bildirildi

Germaniya poytaxti Berlinda Germaniya uchun Alternativ partiyasi tomonidan uyushtirilgan mitingda minglab kishi, Germaniya hukumatining muhojirlar siyosatiga norozichilik bildirdi.

412964
Nemislar, muhojirlar siyosatiga norozichilik bildirildi

Germaniya poytaxti Berlinda, hukumatning muhojirlar siyosatiga qarshilik ko’rsatish maqsadida, “Germaniya uchun Alternativ yani AfD partiyasi” tomonidan miting uyushtirildi.

Ushbu mitingda Poytaxt Berlinda joylashgan Alexanderplatz maydonidan “Unter den Linden”, ko’chasiga qarab yo’l olgan namoyishchilar markaziy poyezd stantsiyasi qoshidagi maydongacha yurib borar ekan, ularning G’arbning islomlashishiga qarshi vatanparvar yevropaliklar yani PEGIDA namoyishlarida bo’lganidek “Yolg’onchi matbuot”, “Germaniyani yoqtirmaganlar unda Germaniyani tark etsin”, “Biz xalqmiz” va “Merkel, ketishi kerak” degan shiorlari e’tiborlarni o’ziga qaratdi.

Ayni vaqtda, miting chog’ida chap-qanot guruhlar ham Germaniya uchun Alternativ partiyasiga qarshi namoyish uyushtirdi.

Germaniya uchun Alternativ partiyasi uyushtirgan namoyishga mone’lik qilmoqchi bo’lgan ba’zi namoyishchilarga militsiya xodimlari qarshilik ko’rsatdi.

Voqealar chog’ida 1 nafar militsiya xodimi tan jarohati olar ekan, qariyb 40 namoyishchi nazoratga olinganligi ma’lum bo’ldi.


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar