Rossiya motamda…

Rossiya Prezidenti Vladimir Putin samolyot fojiasida halok bo’lganlar hotirasi uchun 1 noyabrni milliy motam deb e’lon qildi.

406390
Rossiya motamda…


Rossiya Prezidenti Vladimir Putin samolyot fojiasida halok bo’lganlar hotirasi uchun 1 noyabrni milliy motam deb e’lon qildi.
Kuni kecha rus samolyoti Misrning Sina yarim oroliga qulab tushdi.
Fojiada 224 yo’lovchi halok bo’ldi.
Kolavia metrojet” Havo Yo’li shirkatiga tegishli Airbus A-320 yo’lovchi samolyoti Misrning Sharm Al-Shayh shahridan Rossiyaning Sankt Peterburg shahriga uchgan edi.
Samolyot havoga ko’tarilgach, 23 daqiqa o’tganda qulab tushgan.
Ikkiga bo’linib ketgan samolyotda 217 yo’lovchi va 7 ekipaj bo’lgan. Yo’lovchilardan 17 nafarining yosh bola ekani aytilmoqda.
Al Arish janubidagi tog’liq Al Hasena hududida samolyotning qora qutisi topilgan.
Ma’lum bo’lishicha, uchuvchi samolyotda texnik nosozlik yuzaga kelganini va zudlik bilan qo’nishga majbur ekanini bildirgan.
Fojia yuzasidan tergov ketar ekan, terror tashkiloti DAIShga qarashli bir ekstremist guruh ijtimoiy media orqali samolyotning urib tushirilganini ma’lum qilgan.

Rossiya Transport vaziri esa, bu iddaoga jiddiy e’tibor berilmaganini bildirdi.
Fransiya Havo Yo’llari Air France va Germaniya Havo Yo’llari Lufthansa xavfsizlik sababli Sina yarim oroliga yo’lovchi safarlarini to’xtatdi.
Rossiya matbuotining xabariga ko’ra, Misrda qulab tushgan rus samolyoti 1997 yilning 9 may kuni dastlabki safarini amalga oshirgan.
Samolyot uchuvchilari bundan oldin bir necha marta samolyot motorida qandaydir muammo borligi haqida tegishli joyga murojaat qilgani aytilmoqda.

 

 


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar