Tsipras, Turkiyaning oldini oldi

Belgiya poytaxti Bryusselda yakshanba kuni o’tkazilgan muhojirlar haqidagi sammitga Turkiyaning taklif qilinmasligi, Yevropa ittifoqi tomonidan katta tanqidlarga yo’l ochdi.

400887
Tsipras, Turkiyaning oldini oldi

Gretsiya Bosh vaziri Alexis Tsipras, Yevropa ittifoqi komissiyasi rahbari Jean- Claude Junckerga, Turkiyaning sammitga taklif qilinmaganligi uchun hafa ekanligini aytdi.

Gretsiyalik Bosh vazir, Turkiya kabi muhojirlar masalasida judayam muhim o’ringa ega bo’lgan va bu mavzuda Yevropa ittifoqi bilan to’g’ridan-to’g’ri uchrashuvlar o’tkazgan bir davlatning sammitga taklif qilinmasligini noto’g’ri deb hisoblashini ifodaladi.

Ispaniyada chop etilgan ma’lumotga ko’ra, Tsipras;

-“Muhojirlar bosib kelgan yo’lning eng boshida bir ostonaning mavjudligi barchamizga ma’lum. Ana shu ostonadagi davlat bilan biz yaxshi kelisholmasak unda biz muhojirlar muammosini hal qilishda judayam qiynalamiz” deya gapirdi.

Kecha, Bryusselda o’tkazilgan sammitda ishtirok etgan Yevropa ittifoqiga a’zo 11 davlat bilan Bolqon davlatlari, muhojirlar yo’liga 100 ming kishilik lagerlar qurish haqida qaror qabul qilgan edilar.


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar